“Ishim ko‘p” hadeb telefon qilaverma!
Ayollar
Ba’zi ayollar erlarining ishi ko‘pligidan unga vaqt ajrata olmasligidan nolib qolishadi. Aslida erkakning ishi ko‘pligi bu nolishga arziydigan holat emas. Sababi erkak oilani ustuni, qo‘pol qilib aytganda “boquvchi, daromad manbai”.
Tasavvur qiling, eringiz ishsiz, uyda 24 soat siz bilan birga. Har bir qilgan ishingizga aralashib, joningizdan to‘ydirib yuboradi. Natijada yo‘q joydan janjal chiqadi.
Bejiz, “erkak ko‘chaniki” deyilmaydi. Hadeb telefon qilib, asabini buzishni keragi yo‘q. Ertalab chiroyli tabassum bilan kuzatib, kechga mazali taomlar tayyorlab, kulib qarshi oling.