Kasalxonada davolanyapsizmi?
Jamiyat
Ayni zamonda kasalxonada davolanishning o‘zi emas. Dori-darmonning narxini aytmasa ham bo‘ladi. Davlatga qarashli kasalxonalarda ba’zi dorilar bemorlar uchun tekinga beriladi. Agarda qo‘lingizda yo‘llanma bo‘lsagina, davlat tomonidan bepul dorilar olishingiz mumkin.
O‘zingizga qiziq bo‘lsa, bunga aniqlik kiritish maqsadida albatta bosh shifokor yoki yordamchilarining oldiga iymanmasdan kirib, murojaat qiling! Hech kimni ko‘chaga tashlab qo‘ygan puli yo‘q. Ayniqsa, hozirgi sharoitda. Ayniqsa, qimmat dorilarni hadeganda sotib olish ham ba’zida qiyinchilik tug‘diradi. Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, o‘z haq-huquqimizni talab qilishdan aslo uyalmang!