Maoshingiz kammi?
Hozirgi kunda barcha ishlarimiz pulga borib taqaladi. Pulsiz ish bitmaydi, ko‘chaga ham chiqib bo‘lmaydi. Shunday paytda, oylik kamligidan xo‘rliging kelib ketadi. Farzandlar “uni olib bering, buni olib bering” degan gapi ham ko‘zimizga shunday yomon ko‘rinib ketadi. Xo‘sh, nima qilish kerak? Qo‘limizga tegayotgan pulimiz halolligiga shukr qilib, rejalab ishlata bilish lozim. Shunda ham bari-bir maosh kamligi yaxshigina seziladi. Imkoniyatdan kelib chiqib, boshqa ishlarni sinab ko‘rish ham zarar qilmaydi. Axir harakatda barakat. Harakat qilsak, albatta barakasini beradi. O‘zingiz topayotgan o‘sha arzimagan pul, boyvuchchalar sarflayotgan puldan barakali ekanligiga o‘zingiz ham ba’zida hayron qolasiz. Shunday ekan, azizlar birni ko‘rib fikr qilib, boshqani ko‘rib shukr qilib yashaganning mukofoti oliy. Allohim ol qo‘lim desa ajab emas, ishlarimiz yurishib, xayr-ehson qilib yurish barchamizga nasib etsin.