Qiziqarli savollar va javoblar

O‘zbekiston Konstitutsiyada nechta modda bor?

Qonunlar

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 2023 yil, 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilindi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiya 6 bo‘lim, 27 bob va 155 moddadan iborat.

Ilon Mask o'z faoliyatini qanday boshlagan?

Texnologiya

Mask akasi Kimbol bilan birgalikda turli loyihalarda o'zini sinab ko'rdi - veb-xaritalarni ishlab chiqishdan tortib PayPal to'lov tizimini ishga tushirishgacha. 2002 yilda o'zining birinchi yuzlab millionlarini ishlab topgandan so'ng, Ilon kosmik texnologiya kompaniyasi SpaceXni yaratdi va keyinchalik Tesla asoschilaridan biri va bosh direktori bo'ldi.

Tekin rasmlarni qayerdan ko'chirsam bo'ladi?

Rasmlar

Loyihalarda, shu jumladan tijoratda foydalanish uchun yuqori sifatli fotosuratlar va rasmlarni bepul yuklab olishingiz mumkin bo'lgan bir nechta veb-saytlar mavjud. Ushbu manbalar Creative Commons yoki boshqa ochiq litsenziyalar ostida fotosuratlarni taqdim etadi. Undan to'g'ri foydalanayotganingizga ishonch hosil qilish uchun har bir fotosurat uchun litsenziya shartlarini diqqat bilan o'qib chiqishni unutmang.

Mana bir nechta mashhur veb-saytlar:

  • Unsplash
  • Pexels
  • Pixabay

Hovurdan tushish uchun nima qilish kerak?

Ijtimoiy

Ichingizni yemirayotgan alamni chiqarib tashlang! Aslo ichingizga yutmang. Kimgadur gapiring, nafratingizni tashqariga chiqaring. Faqat begunoh insonga emas. Sizni shu kuyga solgan odamga aytsangiz, o‘zingiz ham maza qilib, yayraysiz.

Ayol kishi chidashga yaratilganmi?

Ayollar

Ha. Ayol kishining hayotdagi qiyinchiliklari asosan kelinlik davridan boshlanadi. Barchasiga sabr bilan javob berish kerak. Agarda beboshlik qilsangiz, hayotingizni o‘zingiz juvonmarg qilib, izdan chiqarasiz. Keling, kattalarga hurmatda bo‘lib, shirin so‘zingizni, mehnatingizni ayamang! Qarabsizki, barchaning tilida siz, hurmat-izzatdasiz. Eng asosiysi turmush o‘rtog‘ingizni sevimli ayoli, qaynonaning suygan kelini bo‘lasiz.

Homiladorlar oson qutilib olishni istaysizmi?

Ayollar

Hozirgi yoshlarning aksariyati homiladorlikni kasallikka o‘xshatishadi. Ko‘proq dam olishni ma’qul ko‘rishadi, chog‘i. Natijada tug‘ruq ham og‘ir o‘tadi. Oson qutilib olish uchun nima qilish kerak? Ko‘proq harakat va yana harakat. Uy yumushlarini erinmay bajarish kerak. Belim, oyog‘im og‘riyapti deya nolimasdan, uylarni tozalab, pollarni artib, “zaryadka” qilish oson qutilib olishning chorasi.

Er-xotin tez-tez janjallashib qolyapsizlarmi?

Turmush

Er-xotin bir-biriga ko‘nikib, xarakterini o‘rganib olish uchun ham ancha vaqt ketadi. Erning jahli chiqqanida, ayol kishi og‘zini ochmagani yaxshi. Agarda ayol shunday vaziyatda ham to‘g‘ri fikr bildirsa ham erkak kishiga bu gap qaytarishdek tuyuladi. Natijada arzimagan tortishuv janjalga aylandi.

Hurmatli ayollar eringizni biron nimadan xunobi chiqsa, unga yon bosib, yaxshi gapiring. Agarda bu holatdan siz ham jig‘ibiyron bo‘lsangiz, u holda gapirmaganingiz ma’qul. Bunday vaziyatda ayol kishidan ham o‘rinli fikr chiqishi dargumon. Xo‘jayningiz jahldan tushganida, yotig‘i bilan tushuntiring. Erkak kishi jahldan tushgandagina sizni tinglay oladi ham to‘g‘ri maslahat berayotganingizga amin bo‘lib, sizning fikringizni bilmay turib ish qilmaydigan bo‘ladi. Qarabsiz-ki, eringizning omad kalitisiz. Sizni hammaga o‘rnak qilib ko‘rsatishdan charchamaydi.

Urf-odatlarga munosabatingiz qanday?

Ijtimoiy

O‘zbek xalqi orasida keng taraqqiy etgan odatlardan biri bu - kelin challash. Hozirgi kunga kelib, bu odatni ko‘pchilik xush ko‘rmayapti. Sababi serchiqim bo‘lgani uchun. Mezbon xonadoniga kelgan yangi kelinga atab, qo‘lga ilinadigan hadya tortiq qilib, jo‘natishi lozim. Bu urfning yana bir ijobiy tomoni shundaki, kelin challash marosimida qarindosh-urug‘ bir bo‘lib, diydorlashadi. Bu esa silai rahm demak. Mehmon kelgan uyga rizq, baraka ham kiradi. Hurmatli ayollar, uyingizga mehmon kelar ekan, “pulim kamlik qiladi”, “ pulimni ishlatib qo‘ysam keyin nima qilaman” deb hech tashvishlanmang. Allohga tavakkal qilib, ko‘nglingizni ochib, dasturxon yozavering! Ketgan xarajatlaringizni o‘rni to‘lib, sizga cheksiz savob va baraka yog‘ilib kelaveradi.

Maoshingiz kammi?

Jamiyat

Hozirgi kunda barcha ishlarimiz pulga borib taqaladi. Pulsiz ish bitmaydi, ko‘chaga ham chiqib bo‘lmaydi. Shunday paytda, oylik kamligidan xo‘rliging kelib ketadi. Farzandlar “uni olib bering, buni olib bering” degan gapi ham ko‘zimizga shunday yomon ko‘rinib ketadi. Xo‘sh, nima qilish kerak? Qo‘limizga tegayotgan pulimiz halolligiga shukr qilib, rejalab ishlata bilish lozim. Shunda ham bari-bir maosh kamligi yaxshigina seziladi. Imkoniyatdan kelib chiqib, boshqa ishlarni sinab ko‘rish ham zarar qilmaydi. Axir harakatda barakat. Harakat qilsak, albatta barakasini beradi. O‘zingiz topayotgan o‘sha arzimagan pul, boyvuchchalar sarflayotgan puldan barakali ekanligiga o‘zingiz ham ba’zida hayron qolasiz. Shunday ekan, azizlar birni ko‘rib fikr qilib, boshqani ko‘rib shukr qilib yashaganning mukofoti oliy. Allohim ol qo‘lim desa ajab emas, ishlarimiz yurishib, xayr-ehson qilib yurish barchamizga nasib etsin.

Telefon balomi?

Jamiyat

Haddan ziyod telefon bilan band bo‘lish, albatta balo. Ayniqsa, yosh bolalar uchun. Imkon qadar telefonni bo‘sh vaqtda oyoqni uzatib, choy ho‘plab titkilagan ma’qul.

Agarda uy yumushlari qalashib yotsa-yu, ayollar telefon bilan band bo‘lsa... urdi xudo. Erni ham, qaynonani ham tepa sochi tikka bo‘lib, uyda janjal bo‘lishi aniq. Shuning uchun, osh-ovqatni taxt qilib, hammayoqni saranjomlab, chinniday tozalab chiqqandan so‘ng bamaylixotir o‘tirib, telefonda yaqinlar bilan diydorlashishga ne yetsin.

Chaqaloq yuzi bilan yostiqqa yotib qolishidan xavotirdamisiz?

Ayollar

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda himoya refleksi mavjud. Bu refleks bola noqulay vaziyatga tushganda yoki yuzini yostiq berkitganda “ishga tushadi”. Agar chaqaloq qorni bilan uxlasa-yu tasodifan yostiqqa yuz o‘girsa, avtomatik ravishda boshini bir tomonga burib oladi. Ne bo‘lganda ona hushyor bo‘lgani yaxshi.

Qarindoshlar qanday inson ekanligini bilasizmi?

Jamiyat

Бошга мушкул иш тушганда, қариндошларни, яқинларни билиб олиш учун яхши имконият. Инсонни яхши кунида ҳамма ёнида бўлади. Бошига иш тушганда эса... Айнан шундай паллада қариндош, дўст-биродарларни қандай инсонлиги яққол билинади. Азизлар, кўнглингизга яқин бўлган инсонларни борида қадрига етинг. Эртага улар ўтиб кетса, афсусланиб қолманг.